Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat olib borayotgan xodimlardan navbatdagi maxsus unvonini olish maqsadida “E-psixologiya” tizimi orqali attestatsiya test sinovlari o‘tkazilmoqda
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida xizmat olib borayotgan xodimlardan katta leytenant maxsus unvonini olish maqsadida “E-psixolgiya” tizimi orqali attestatsiya test sinovlari olinib, xodimlarning psixologik portretlari yaratilmoqda.
Bundan ko‘zlangan
maqsad xodimlarning individual-psixologik hususiyatlarini o‘rganish, shuningdek
ularning muloqot psixologiyasi, muomala madaniyati,
nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorligi hamda harakatlariga to‘g‘ri baho berishga qaratilgan.
Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.