Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan navbatdagi “Ommaviy sayyor qabul”i Sho‘rchi tumanida tashkil etildi.
Yurtimizda mas’ul rahbarlar tomonidan aholining dard-u tashvishi bilan yashash, ularning muammolarini o‘rganish va bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.
Fuqarolar tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza
va shikoyatlarni aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur
o‘rganish va qonuniy hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya
qilish, hafta davomida kundalik mehnat foliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik
yaratish hamda murojaat qiluvchilarning Ichki
ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida,
2025 yil 20 aprel kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik
Timur Ismailov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sho‘rchi tumanidagi
Xalq qabulxonasi binosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Ommaviy sayyor qabul”i
o‘tkazildi.
Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli
sohaviy xizmat rahbarlari, tuman hokimi Akbarali Ishmirzaev, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Sho‘rchi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Rayimberdi Xo‘jaqulov
hamda tuman mas’ullari ishtirok etishdi.
“Ommaviy sayyor qabul” davomida fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv,
ichki ishlar organlari tizimiga ishga tiklanish, ishga qabul qilish, yo‘l harakati
xavfsizligi, fuqarolikni rasmiylashtirish, oila turmush doirasidagi nizolarga barham
berish, mol-mulk mojarosi, pul oldi berdi masalasi va boshqa turli ichki ishlar
sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratiga olindi.