19 Fevral 2025 yil 357

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi ijodkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabr kunidagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 19 aprel kunidagi tegishli Farmoyishiga asosan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, tizimda faol kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida, joriy yilning 19 fevral kuni viloyat ichki ishlar boqarmasi xodimlari va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi ijodkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.  

Uchrashuv davomida, Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Mengnor Ollomurodov tomonidan yig‘ilganlarga bugungi kunda yozuvchilar uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, vohamiz yosh ijodkorlari qalamlariga mansub chop etilayotgan kitoblar to‘plamlari haqida ma’lumot berildi.   

Uchrashuvda davomida, ijodkorlar hamda ishtirokchilar o‘rtasida mushoira tashkil etilib, ijodkorlar qalamiga mansub she’riy asarlardan parchalar o‘qildi.

Uchrashuvda ichki ishlar organlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, ularga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi sovg‘asi sifatida kitoblar taqdim etildi.     

Albatta bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, ularda kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda notiqlik xususiyatlarini yanada yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech