14 Iyul 2025 yil 430

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.

Joriy yilning 14 iyul kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasida “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.

Mazkur yarmarkani o‘tkazishda ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarning bilim va malakalarini boyitish, fikrlash doirasini kengaytirish, xodimlar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarida, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimiz, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning ma’naviy-ma’rifiy hamda huquqiy savodxonliklarini yanada oshirishdan iboratdir.

Tashkil etilgan kitob yarmarkasida xodimlar o‘zlari sevib mutolaa qiladigan mumtoz va jahon adabiyati yozuvchi va adiblarning sara ijod namunalari aks etgan kitoblardan harid qilishdi.

Text to speech