Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlari bilan psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post
xizmati bataloni xodimlari bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari tomonidan xodimlarning
muloqotchanligini oshirish, ruhiy holatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan buzilishlarni
oldini olish maqsadida ular bilan davra-suhbati va psixologik trening mashg‘uloti
o‘tkazildi. Shuningdek, ularga xizmat faoliyati davomida fuqarolarning ruhiy va
jismoniy holati hamda shaxslarning jins va yosh toifasidan kelib chiqib professional-ekspressiv
harakatlar bilan samarali muloqotga kirishish, agressiyani qo‘zg‘atuvchi muomala
va nokasbiy jestlardan tiyilish yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.