Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlarining shaxsiy, ijtimoiy va xizmatni o‘tash bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2025 yil
01 avgust kunidagi farmoyishlari ijrosi yuzasidan “Inson qadri uchun” shiori ostida
o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida joriy yilning 13 avgust
kuni viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosida, viloyat ichki
ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadievning fuqarolar
hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibining ijtimoiy va shaxsiy masalalari
bo‘yicha “Sayyor qabuli” tashkil etildi.
Tashkil etilgan “Sayyor qabul” davomida turli
xil ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning mavjud muammolari o‘rganilib, ijobiy hal
etish choralari ko‘rib chiqildi.
Sayyor qabul davomida, farmoyish bilan
tasdiqlangan dastur ijrosini ta’minlash maqsadida, jami 10 nafar ichki ishlar organlari
xodimlari o‘zlarining muammolari bilan murojaatlar qilishib, qilingan murojaatlarning
aksariyati joyida ijobiy hal etilib, xizmat faoliyati davomida hamkasblariga o‘rnak
bo‘lib kelayotgan xodimlarga bir martalik
pul mablag‘lari mukofot tariqasida topshirildi.
Albatta bu kabi sayyor qabullarni
muntazam ravishda o‘tkazib borish, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning oilaviy
sharoitini chuqurroq o‘rganib, ularning mavjud ijtimoiy muammolarini hal etishda
muhim ahamiyat kasb etadi.