Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari faxriysi marhum iste’fodagi polkovnik Abdusamat Bozorboev xotirasiga bag‘ishlab “Uy muzeyi” tashkil etildi.
Bugun ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat olib borgan, ichki ishlar organi faxriysi, marhum ustoz iste’fodagi polkovnik Abdusamat Bozorboevning yashagan xonadonlarida ularning yorqin xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Uy muzeyi”ning ochilish marosimi tashkil etildi.
Ushbu
uy muzeyi ochilish marosimida viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, faxriy
ustozlar, yosh xodimlar, o‘quvchi va kursantlar hamda marhum Abdusamat Bozorboevning
farzandlari oila a’zolari ishtirok etishdi.
Tashkil
etilgan ushbu uy muzeyini ochish bahonasida, ustozning shogirdlari ularni xotirlashar
ekan, ustozning uzoq yillik mazmunli hayoti va xizmat faoliyati davomida to‘plagan
ma’lumotlari, erishgan yutuqlari, xizmat davridagi o‘ziga xos qiyinchilik va mashaqqatlari
haqida so‘zlab berishdi.
Tadbirda,
viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev
ishtirok etib, ushbu uy muzeyini ochilishi hech shubhasiz, ichki ishlar organlari
faxriy ustozlari hamda yosh xodimlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni “yangi bosqich”ga
olib chiqib, faxriyning boy hayotiy va xizmatdagi tajribalarini yoshlar o‘rganishi
ortida xodimlarda vatanga, kasbiga sadoqat tuyg‘ularini yanada kamol toptirishda
muhim ahamiyat kasb etishini, bundan buyon faxriylar hamda yosh xodimlar o‘zaro
hamkorlikdagi amalga oshiriladigan ishlar, shuningdek, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
masalalari doimgidanda ko‘proq e’tibor markazida bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
Albatta tashkil etilgan ushbu uy muzeyi marhum ustozlarning nomini abadiylashtirish bilan birga, yosh avlod ongida ustozlarga bo‘lgan hurmat, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.