Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz davlat univeriteti talaba yoshlari uchun “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
14-yanvar O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, hududiy
yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari
– Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil
topgan kun sifatida nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023- yil 9-yanvar kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda “14-yanvar Vatan himoyachilari
kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi
1-son farmoyishining ijrosini ta’minlash
maqsadida, Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor X.Nurmatov
va mas’ul xodimlari, universitet yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori O.Shofiev,
professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga tegishli bo‘lgan
maxsus texnika va qurol aslahalar namoyishi tadbir ishtirokchilarida yuqori tasurotlar
uyg‘otgan bo‘lsa xodimlarning jangovar va ko‘rgazmali chiqishlari esa mazkur tadbirga
o‘zgacha shukuh bag‘shlab, yoshlarda ushbu sohaga qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, Universitetninng besh ming nafar talabasini
qamrab olgan mazkur tadbirda, vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ham namoyish etildi.
Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi vatanparvarlik tadbirlari talaba-yoshlarda
Vatanga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, qalbida faxr tuyg‘usini uyg‘otishda muhim
ahamiyat kasb etadi.