Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilmalari hamda hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida sport musobaqalariga start berildi.
Surxondaryo viloyatida Prezidentimizning "O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari
kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
79-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi
380-sonli Farmoyishi talablariga asosan viloyat ichki ishlar organlarining tarkibiy
tuzilmalari hamda hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida sport musobaqalariga
start berildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, shaxsiy tarkibning tezkor-xizmat va jangovar
vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklar
profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish, kurashning jangovar usullarini va maxsus
vositalarni mohirona qo‘llash, tezkorlik, shuningdek, xizmat faoliyati jarayonida
yuqori ishchanlikni ta’minlash hamda yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalash
hisoblanadi