21 Fevral 2024 yil 307

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining ayol xodimalari o‘rtasida “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 21 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga muvofiq, 8-mart “Halqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Buxoro viloyatida 27-29 fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan III-Respublika xotin-qizlar forumi asosida “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik tanlovi o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida joriy yilning 21 fevral kuni “Fidoyi ayol xodima” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda viloyat IIBning sohaviy xizmatlari hamda 15 ta shahar-tuman IIBlaridan tashrif buyurgan xodimalar ishtirok etishdi.

Bunda xodimalar 3 ta shart asosida bellashdilar: Dastlabki 1-shartda ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarliklari, 2-shartda esa jangovar tayyorgarliklari, 3-shart kasbiy-jangovar bilimlari onlayn test orqali sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlov yakuniga ko‘ra, Termiz tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori Axmedova Aybibi Abu Rayhon qizi 3-o‘rinni, Boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘linmalari karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi safdor xodimi Mardanova Sevara Baxodir qizi 2-o‘rinni, Surxondaryo viloyat IIB Migratsiya  va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi Ichki migratsiya fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi katta inspektori mayor Chorshanbieva Dilfuza Shakirovana 1-o‘rinni,  qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari boshqarma rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Text to speech