10 Iyul 2025 yil 350

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilma va hududiy bo‘limlari xodimlari o‘rtasida “Kasbiy olimpiada o‘yinlari” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik buyicha: qo‘l jangi usullari, 100 metr, 3000 metr va 1000 metrga yugurish, to‘sin (turnik)da tortilish, yagona to‘siqlar yo‘lagida bajariladigan umumiy nazorat mashqi bo‘yicha me’yorni bajarish, 100 metrga suzish, yotgan holda tayanib qo‘llarni bukib-yozish, ayol xodimalar uchun 100 metrga va 1000 metrga yugurish, kuch ishlatish kompleks mashqlari, erkin usulda suzish hamda jangovar tayyorgarlik bo‘yicha: amaliy o‘q otish, tabel qurolini qismlarga to‘liqsiz ajratish va yig‘ish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Shuningdek, ishtirokchilar kasbiy tayyorgarlik hamda kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi bo‘yicha test savollariga ham javob berishdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, tizimda xizmat olib borayotgan eng yaxshi safdor, serjant hamda ofitserlarni aniqlash, ularning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha olgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, xodimlarning jangovar tayyorgarligi, turli xil jismoniy va ruhiy yuklamalarni yengib o‘tashdagi mahorati hamda jangovar vazifalarni bajarishga shayligini tekshirish, xodimlarning muhim vazifalar hamda maxsus tadbirlarni bajarish chog‘ida doimiy shaylik, harakatchanlik va o‘zaro uyg‘unlikdagi harakatini ta’minlash, tizimda sog‘lom raqobat va o‘zaro musobaqa muhitini yaratish, ichki ishlar organlarida xizmat qilish oliy burchligini, Vatanga sadoqat, o‘z kasbiga mehr hissini, xizmatning professionalligini oshirish, xodimlarning kasbiy yuksalish, bilim va ko‘nikmalarini oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish, bo‘linmalarda jangovar va jismoniy tayyorgarlikni oshirishning uzluksizligini ta’minlash orqali yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarlikka ega xodimlarni tanlab olish hisoblanadi.

Kasbiy olimpiada o‘yinlarining viloyat bosqichida “Eng yaxshi safdor”, “Eng yaxshi serjant”, “Eng yaxshi kichik ofitser”, “Eng yaxshi katta ofitser” yo‘nalishlari g‘oliblari Respublika bosqichida ishtirok etishadi.

Text to speech