Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yinlari hamda sportning “Harbiy estafeta” turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli
buyrug‘i hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023
yil 30 oktabr kunidagi tegishli farmoyishlariga asosan, Surxondaryo viloyati Ichki
ishlar organlarida xizmat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari
xodimlarining faoliyatini yanada takomillashtirish shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son “Zakovat intellektual o‘yinini aholi
o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni
rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda
ushbu o‘quv yig‘iniga jalb etilgan xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish
ma’naviy-ma’rifiy bilim darajalari hamda jismoniy-jangovar shayligini sinovdan o‘tkazish
va yanada rivojlantirish maqsadida, joriy
yilning 8 noyabr kuni o‘quv yig‘ini ishtirokchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual
o‘yinlari hamda sportning “Harbiy estafeta” turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Qizg‘in baxs-munozaralarga boy bo‘lgan musobaqalarda viloyat
IIB apparati hamda barcha shahar-tuman IIBlaridan jamoalar ishtirok etishdi.
“Zakovat” intellektual o‘yinlarida 3-o‘rinni viloyat IIB
apparati qizlar jamoasi, 2-o‘rinni Denov tumani IIB jamoasi, faxrli 1-o‘rinni esa
Sariosiyo tumani IIB jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, sportning “Xarbiy estafeta”
turi bo‘yicha esa 3-o‘rinni Boysun tumani IIB jamoasi, 2-o‘rinni Sariosiyo tumani
IIB jamoasi egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Qiziriq tumani IIB jamoasi qo‘lga
kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalari Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining diplom, qimmatbaho sovg‘alari hamda pul mukofotlari
bilan taqdirlandilar. Sovg‘alar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari tomonidan tantanali
ravishda topshirildi.