Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan mehnat faxriylari hamda xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olishdi.
Inson uchun tinchlik bebaho ne’matdir. Osoyishtaligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Shundanmi o‘zbek xalqi azal-azaldan tinchliksevarlik targ‘ibiga bag‘ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosga ega. 9 may sanasini Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotadi.
O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 fevraldagi 9-may “Ikkinchi jahon
urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik
ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash
maqsadida, “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qaxramonlik unutilmaydi”
shiori ostida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va mas’ul xodimlari bilan, ishlar idoralarida uzoq yillar samarali faoliyat olib
borgan mehnat faxriylari hamda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan
bir guruh xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi.
Xonadon sohiblari
bilan dildan qilingan suhbat asnosida, xonadon sohiblariga bayram tabrigi o‘qib
eshittirilib, boshqarma boshlig‘ining bayram sovg‘alari ulashildi.
Ushbu bayram bahonasida xabar olingan xonadon sohiblarining muammo va takliflari boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.