Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Termiz shahrida tungi faoliyat, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. Tadbir Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi PQ–1-son qarorlari ijrosini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda aholi osoyishtaligini mustahkamlashga qaratildi.
Dastlab, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Akmal Muratov “Sahovat” mahallasidagi huquq tartibot maskani faoliyati bilan tanishdi. Ushbu mahallada fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi. Tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar va jamoatchilik vakillari bilan suhbatda “ijtimoiy profilaktik” tadbirlarni manzilli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Alpomish” mahallasida
joylashgan “24/7” turistik va gastronomik ko‘chasida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ullarga yo‘l harakati xavfsizligini
kuchaytirish, aholi ko‘p to‘planadigan joylarni kameralashtirish va kiberjinoyatchilikning
oldini olish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish davomida Prezidentimizning
PQ–1-sonli qarori ijrosi hamda “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida
mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tavsiyalar
berildi.
Shundan so‘ng, “O‘zbekiston”
mahallasida joylashgan “Surxondaryo viloyat issiqlik ta’minoti” MChJning RK–6 markaziy
qozonxonasi faoliyati bilan tanishildi. Zamonaviy “aqlli” texnologiyalar asosida
faoliyat yurituvchi ushbu tizim ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy ob’ektlarni issiq
suv bilan ta’minlab kelmoqda.
Shuningdek, “Tuproqqo‘rg‘on”
mahallasidagi maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar
hamda xodimlarning tungi xizmat faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha viloyat va shahar IIB mas’ullariga tegishli
ko‘rsatmalar berildi.
Hozirda viloyatning barcha hududlarida aholi osoyishtaligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tungi faoliyat ishlari izchil davom ettirilmoqda.