Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar” mavzusiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbuslari bilan barcha sohalar qatori ichki ishlar organlari tizimida ham muhim islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Tizimda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga
xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yo‘lida dasturulamal bo‘la oladigan tuzilmaga
aylanayotganligi ayni haqiqat. Albatta bu yo‘nalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining
o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar
boshqarmasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika
markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning quyi
tizimdagi xodimlari o‘rtasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir
etilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar” shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazilib,
kelgusida qonuniylikni ta’minlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga
bag‘ishlangan video selektor tarzidagi tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
mas’ul xodimi podpolkovnik G‘olibjon Nabiev, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi
boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Nuriddin Xudjamuradov, IIV Shaxsiy xavfsizlik
bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha
boshqarmasi boshlig‘i hamda “X.Sulaymonova” nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi
Surxondaryo viloyat bo‘limi mudiri Mirsohib Qo‘ng‘irotovlar ishtirok etib, yig‘ilish
ishtirokchilariga mavzu doirasida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 26 fevraldagi “Ayrim
protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining ma’muriy
binolarida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi
101-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar
berildi.
Bundan tashqari, Sud-ekspertiza turlari va jinoyat ishlarida davlat hisobidan advokatlarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi. O‘quv mashg‘uloti davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.