6 May 2025 yil 501

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-yig‘ini tashkil etildi.

Video selektor tirzida tashkil etilgan o‘quv yig‘inida,  Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti 2-darajali adliya maslahatchisi Voxid Nazarov hamda Termiz shahridagi "Kamelot femida" advokatlik byurosi rahbari-advokat Abdusalim Jabborovlar ishtirok etib, viloyat IIB hamda barcha shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-sonli qarorini mazmun-mohiyatini va shu asosda bir qator tegishli chora-tadbirlar belgilanganligi yuzasidan misollar orqali ma’ruzalar qilindi.

O‘quv yig‘in yakunida, xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan tegishli javoblar olishdi.

Text to speech