25 Fevral 2025 yil 892

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil  21-oktabrdagi “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Joriy yilning 24 fevral kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlar uchun “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.   

 Mazkur yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va malakalarini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish, ularda boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimiz, umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat kabi yuksak tuyg‘ularni yanada kuchaytirish hamda  kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.

Tashkil etilgan kitob yarmarkasida xodimlar o‘zlari sevib mutolaa qiladigan yozuvchi va adiblarning sara ijod namunalari aks etgan kitoblardan harid qildilar. Bundan tashqari ular, viloyat Ichki ishlar boshqarmasida mavjud kutubxonagaham esdalik sifatida kitob sovg‘a qilishdi. 

Text to speech