11 Iyun 2024 yil 359

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘rtasida “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” shiori ostida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘linmasi xodimlarining xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilishlari, xizmat sharoitlari va oilaviy ahvolini hamda xodimalarning psixologik holati va oilasidagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganish borasidagi ishlar samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Bunda ularning yashash xonadonlariga borilib, yashash-shart sharoitlari, oiladagi muhit, muammolari o‘rganilgan bo‘lsa, xizmat faoliyati o‘rganishda ularning xizmat va ijro intizomi, qonuniylikni mustahkamlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlari ko‘zdan kechirildi.

Text to speech