27 Avgust 2024 yil 425

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning jismoniy-jangovar va kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish, ular orasida qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 11 martdagi tegishli buyrug‘iga muvofiq, Surxondaryo viloyati shahar-tumani IIO boshliqlari o‘rtasida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda ishtirokchilar oltita shart jismoniy va jangovor tayyorgarlik darajasi, IQ darajasini aniqlashga qaratilgan psixologik test, xizmat faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, test savollari va og‘zaki suhbat asosida tanlovda ishtirok etishdi.

Tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Akmal Berdinazarov uchinchi, Angor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i mayor Sodiq Choriev ikkinchi o‘ringa loyiq deb topilgan bo‘lsa, Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik O‘ktam Mustafaqulov tanlovning faxrli 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tanlov yakunida g‘oliblar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech