Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan plastik kartadan pul o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq xatti harakat fosh etildi.
Joriy yilning
21 sentyabr kuni Boysun tumani Avlod mahallasi yashovchi fuqaro viloyat Ichki ishlar
boshqarmasining “102” qisqa raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, noma’lum shaxslar
ijtimoiy tarmoq orqali 10 500 000 (o‘n million besh yuz ming) so‘m pul
mablag‘larini yechib ketganligi haqida murojaat qiladi.
Surxondaryo viloyat IIB Tezkor qidiruv
xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv
natijalariga ko‘ra ushbu jinoyatni 2003 yilda
tug‘ilgan, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaro "A"
kiber jinoiy yo‘llar orqali fuqaroning telegram ijtimoiy tarmog‘iga ulanib, undagi
click_botdagi pullarini yechib olib o‘zining binans kripto birjadagi akkountiga
o‘tkazib olganligi aniqlandi.