Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodim va ishchi xizmatchilarning oila a’zolariga Angor tumani “Ishga marhamat” Monomarkaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish,
ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda
aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804-sonli
qaroriga asosan Angor tumani “Ishga marhamat”
monomarkazi tashkil etilgan.
Surxondaryo viloyati Ichki
ishlar boshqarmasi Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati
xodimlari tomonidan, Surxondaryo
viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodim va ishchi xizmatchilarning
oila a’zolari, Angor tumani “Ishga marhamat” Monomarkazi faoliyati bilan tanishtirili,
ularni kasbga o‘qitish bo‘yicha, -Ayollar sartaroshligi
( 3 oy ), -Erkaklar sartaroshligi ( 2 oy ), -Tikuvchilik (3 oy ),-Qandolatchilik
( 2 oy ), -Oshpazlik ( 2 oy ), -Kosmetologiya ( 2 oy ), - Neyl-stilist ( 2 oy ),
-Yosh bolalar va qariyalar uchun enaga ( 2 oy ), -Avtoservis texnik xizmat ko‘rsatish
( 2 oy ), -Santexnika ( 3 oy ), -Elektrik ( 3 oy ), -Payvandlovchi ( 3 oy ), -Maishiy
uy ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash ustasi ( 3 oy ), -Kran operatorligi ( 3 oy ),
-Tokar (Frezer) ( 3 oy ), -Suvoqchi va bo‘yoqchi ( 2 oy ), -Kafel va g‘isht teruvchi
( 2 oy ), -Qishloq xo‘jaligi sohasidagi Issiqxona bo‘yicha mutaxassis ( 3 oy ),
-Tadbirkorlik asoslari ( 1 oy ), -Web dasturlash ( 3 oy ), -Kompyuter savodxonligi
( 1 oy ), -Buxgalteriya IS dasturi (o‘rta malakali) o‘quv kursi ( 3 oy ), -Xorijiy
tillar, Rus tili ( 3 oy ), -Ingliz tili ( 3 oy ), -Koreys tili ( 3 oy ), -Yapon
tili ( 6 oy ), -Nemis tili ( 3 oy ) lik o‘quv
kurslari tavsiya etildi.