Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Tengdoshimga huquqiy yordam” asosida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 18 sentabrdagi “2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy
madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘rsida”gi
qarori hamda Ichki ishlar vazirligining joriy yil 18 oktabrdagi tegishli ko‘rsatmasiga
asosan, 5 noyabr kuni Surxondaryo viloyati
ichki ishlar boshqarmasida viloyat yoshlar ittifoqi, Termiz Davlat universiteti,
Termiz muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi
Termiz filiali universiteti talabalari ishtirokida “Tengdoshimga huquqiy yordam”
tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida viloyat
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari
mayor Xusan Nurmatov tomonidan talabalarga bugungi tadbir haqida ma’lumot berib,
bevosita bugungi kunda tizimda kadrlar bilan taminlash xizmati yo‘nalishida ham
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, talabalar
viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi bo‘limi, viloyat
ichki ishlar boshqarmasi xuzuridagi tergov boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar
boshqarmasi Turizmda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan
tanishdilar. Bunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari
tomonidan ijobiy javoblarni olishdi.
Tadbir ishtirokchilariga
kelajakda biror-bir salbiy holat natijasida
huquqbuzar yoki sodir etilgan huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanib qolmasliklarini
oldini olish maqsadida qisqa vaqt ichida bo‘lsa ham mutaxasislar tomonidan tushunchalar
berildi.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.