26 Sentyabr 2024 yil 210

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 martdagi hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2024 yil 5 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida Eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha viloyat tanlovini tashkil tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi tegishli buyruq talablariga muvofiq, joriy yilning 25 sentabr kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tashkil etilgan ushbu tanlovda, boshqarmaning sohaviy xizmatlari hamda barcha shahar-tuman IIBlaridan ishtirokchilar qatnashib, tanlovning belgilangan nizom talabblari asosida, test savollari, badiiy asarlar bilimdoni hamda tezkor savol-javob shartlari asosida o‘zaro bellashishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori leytenant Sanjar Yo‘ldoshev 3 o‘rin, Muzrabot tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori leytenant Davron Abduhamidov 2 o‘rinni egallagan bo‘lsa, Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori katta leytenant Eldor Qosimov 1 o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar boshqarma boshlig‘ining diplom hamda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech