Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari faxriy xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi Faxriy xodim” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 15 iyuldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatida faxriy xodimlarning
rolini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash
maqsadida, joriy yilning 24 avgust kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi Faxriy xodim” ko‘rik-tanlovining viloyat
bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda boshqarmaning sohaviy
xizmatlari hamda shahar-tuman IIBlarining faxriy xodimlari ishtirok etishdi.
Mazkur tanlov nizomiga ko‘ra faxriy
xodimlar 3 ta shart asosida, dastlabki shartda “Shaxmat va shashka” sport turlari
bo‘yicha o‘zaro bellashuv olib borgan bo‘lsa, 2-shartda tanlov ishtirokchilarining
yurtimiz hamda jaxonda bo‘layotgan voqea-hodisalardan qay darajada xabardorliklari
yuzasidan savol-javob sharti o‘tkazildi. 3-shartda ishtirokchi faxriy xodimlarning
ish faoliyatini aks ettiruvchi fotoalbom hamda qilingan ishlar ma’lumotnomasi o‘rganildi.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra,
iste’fodagi podpolkovnik Zokirjon Xudoymurodov
3-o‘rinni, iste’fodagi podpolkovnik Salom Qosimov 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa,
iste’fodagi mayor Abdug‘affor Begimqulov
tanlovning mutloq g‘olibligini qo‘lga kiritib, respublika
bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.
Tanlovning
g‘olib va sovrindorlari boshqarma rahbariyati tomonidan diplom hamda qimmatbaho
esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.