21 Avgust 2024 yil 341

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning jismoniy-jangovar va kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish, ular orasida qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 11 martdagi tegishli buyrug‘iga muvofiq, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining ayrim sohaviy xizmat va shahar-tumani IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘rtasida “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda ishtirokchilar to‘rtta shart jismoniy va jangovor tayyorgarlik darajasi, amalga oshirilgan ishlari, test savollari va og‘zaki suhbat asosida tanlovda ishtirok etishdi.

Tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Saydullo Nazirov uchinchi, Angor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik O‘ktam Shukurov ikkinchi o‘ringa loyiq deb topilgan bo‘lsa, boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Mansur Saidov tanlovning faxrli 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tanlov yakunida g‘oliblar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech