1 Aprel 2025 yil 210

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Jamoa shartnomasi bajarilishi hamda Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 1  aprel kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yuzasidan yig‘ilishi hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom asosida Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi N.Ximmatova ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida, 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha Ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish davomida kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan ma’lumotlar ham berildi.

Hisobot saylov yig‘ilishida qo‘mitaning 5 yillik faoliyati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi hamda yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qoniqarli deb topildi.

Yig‘ilish davomida, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va a’zolari qayta saylandi hamda kelgusi 5 yillik uchun vazifalar belgilab olindi.

Text to speech