2 Iyun 2025 yil
999
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi ichki
ishlar vazirining 2022 yil 3 martdagi tegishli buyrug‘i va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining
2025 yil 26 maydagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025 yil
iyun oyining birinchi o‘n kunligi mamlakat bo‘ylab “Korrupsiyaga qarshi kurashish
dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilindi.
Ushbu tashabbus doirasida,
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida video selektor tarzida uchrashuv
tashkil etildi. Uchrashuvda boshqarma rahbariyati, shaxsiy tarkib, faxriylar hamda
mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda "Korrupsiya
qarshi kurash - bizning burchimiz" mavzusida, Termiz Davlat Universiteti Yuridik
fakulteti "Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi" kafedrasi katta o‘qituvchisi
Islombek Raxmatulloevning ma’ruzasi tinglandi.