Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Ichki ishlar organlarida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini tatbiq etish, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 15-fevral kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 37-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15 aprel kuni viloyat Ichki ishlar organlari xodimlari oilalari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik-tanlovda ichki ishlar organlarida kamida 5 yil amaliy ish
stajiga ega, oila qurganiga 8 yil to‘lgan (xodimlarning 7 – 15 yosh oralig‘idagi
farzandlari ko‘rik-tanlovda ishtirok etishlari mumkin), harakatdagi intizomiy jazosi
mavjud bo‘lmagan, viloyat IIBning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalaridan
jami 5 ta oila ishtirok etishdi.
Ko‘rik-tanlov shartlarini bajarish davomida ishtirokchi xodimlar va ularning oila
a’zolari o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Qizg‘in bahs va munozarali bahslardan so‘ng, faxrli 3-o‘ringa Sherobod tumani IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi ijtimoiy profilaktika katta inspektori
mayor Normurodov Elmurod Yo‘ldoshyevich
oilasi, 2-o‘ringa Termiz shahar IIB
1-son IIB navbatchilik qismi katta inspektor–navbatchisi katta leytenant Dulanov Farxod Panjieyvich oilasi munosib
deb topilgan bo‘lsa, Angor tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori kapitan Quvvatov Furqat Farxodovichning oilasi 1-o‘ringa munosib deb topilib, mazkur ko‘rik-tanlovning respublika
bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mazkur tanlov xodimlar va ularning oila a’zolarining iste’dodini yuzaga chiqarish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, viloyat IIB tizimida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oilalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.