17 Dekabr 2024 yil 676

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Joriy yilning 17 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB  Xavfsiz turizm boshqarmasida viloyat IIB huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishni Jamoatchilik kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik  Axmad Xoliqov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Viloyat IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik ta’minlash guruhi yetakchi yuriskonsulti podpolkovnik Murod Shaymardonov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–10-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tizimli ravishda amalga oshirish va jamoatchilik bilan hamjihatlik ruhida ishlashni ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2023-yil 11-mart kunidagi “Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 122-son buyrug‘i talablari va ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar keltirib, jamoatchilik kengashi a’zolarining yangi tarkibini o‘qib eshittirdi.

Yig‘ilish davomida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shodiev tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari tizimida xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni ta’minlash hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Farhod Toshboev boshqarma Axborot xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 may kunidagi O‘RQ-369-sonli “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-sonli “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek jamoatchilik kengashi oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi yuzasidan 2024 yilning o‘tgan 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

O‘z navbatida, jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan jamoatchilik kengashining joriy yilning o‘tgan davridagi faoliyati tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil qilinib, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimi mayor Farrux Qodirov tomonidan mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech