17 Avgust 2024 yil
661
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida, Muzrabot tumanida sodir etilgan jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.
Bugun, Muzrabot tumani 2-sektor hududidagi “Fidokor”
mahallasi hududida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i T.Ismailov,
Muzrabot tumani hokimi A.Ismoilov, sektorlar hamda tegishli korxona va tashkilot
rahbarlari hamda mahalla yettiligi faollari ishtirokida ushbu hududda sodir etilgan
jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.
Dastlab muhokama yig‘ilishida, tuman hokimi A.Ismoilov kirish so‘zini olib, kun
tartibiga qo‘yilgan muhim masala yuzasidan qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan
so‘ng, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘.Shukurov Fidokor mahallasi hududida
oila turmush doirasida sodir etilgan noxush holat sabablari va uning oqibatlari
jamoatchilikka atroflicha yetkazildi.
Viloyat IIB boshlig‘i T.Ismailov har bir fuqaro bunday
salbiy holatlarni sodir bo‘lishiga tomoshabin bo‘lib emas, balki uni oldini olishga
harakat qilishi, mahallada bo‘layotgan noxush holatlarga barcha mas’uliyatni his
etgan holda yondoshishi, lozimligi to‘g‘risida fikr bildirib, mahalla yettiligi
faollari hamda ta’lim muassasasi rahbar va xodimlarining jinoyat sodir etilgunga
qadar bo‘lgan faoliyatiga keskin tanqidiy baho berib o‘tdi.
Shu bilan birga yig‘ilishda ishtirok etgan jamoatchilik
vakillari ushbu sodir etilgan jinoyatga o‘zlarining munosabatlarini bo‘ldirib o‘tishdi.
Muhokama yig‘ilishi yakunida,
viloyat IIB boshlig‘i tomonidan tuman hududida, bu kabi jinoyatlarni sodir etilishiga
yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar va aniq
vazifalar belgilab berildi.