24 Yanvar 2025 yil 584

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida kasbiy psixologik ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma reja imzolandi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev hamda O‘zbekiston Respublikasi  Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Z.Axbutaevlar harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida kasbiy psixologik ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan 2025 yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni tashkil etish to‘g‘risida qo‘shma reja imzolandi.

Bunda o‘zaro hamkorlik orqali harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida psixoprofilaktik ishlarni olib borish, ularga ilmiy psixologik usullarni maqsadli qo‘llash orqali jamoadagi sog‘lom muhitni shakllantirish, turli stress va ziddiyatli vaziyatlarga moslashish qobiliyatini rivojlantirish hamda ularning jismoniy-ruhiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish, har kuni turli toifa va harakterdagi fuqarolar bilan muloqotda bo‘ladigan xodimlarning muomala ma’daniyatini rivojlantirish uchun psixologik ishlarni tashkil etish maqsad qilingan.

Text to speech