27 Iyun 2024 yil 336

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 27 iyun kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov viloyatda istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar hamda ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan video selektor tarzidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan uchrashuvda, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov, Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Asliddin Xurramov, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, boshqarma, mustaqil bo‘lim boshliqlari,  barcha shahar-tuman studiyalaridan ichki ishlar bo‘limi boshliqlari va o‘rinbosarlari, Ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar hamda faol yosh xodimlar ishtirok etishdi.

Dastavval boshqarma boshlig‘i, Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan yoshlarning zamonaviy bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilib berilayotganligi, ularni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi boisidan doimiy diqqat markazida bo‘lishi natijasida, Yangi O‘zbekiston davrida Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinganligi, har yili yoshlar forumini o‘tkazish ijobiy an’anaga aylanganligi, o‘tkazilayotgan forumlar davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari – yoshlar” ulug‘vor g‘oyasi asosida yoshlar bilan ishlash masalasi barchaning asosiy vazifasi ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni jilovlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasida alohida topshiriqlar berilib, ushbu topshiriqqa asosan, ichki ishlar organlariga biriktirilgan bir million yoshlarning 84 mingdan ortig‘ini (84 878 nafar) toifaga ajratgan holda viloyat ichki ishlar organlarining 226 nafar raxbar xodimlariga nomma-nom biriktirilib, ular bilan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilganligi haqida batafsil so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida,  Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari I.Saparov hamda Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Xurramovlar ham vohada yoshlarning porloq kelajagi uchun amalga oshirilayotgan keng imkoniyat va sharoitlar haqida so‘z yuritib, o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, shahar – tuman ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan yoshlar masalalarida amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan hsobotlari hamda uyushmagan hamda ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, yoshlar tomonidan erishilayotgan yutuqlari e’tirof etildi.

Uchrashuv yakunida, ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar xorijiy tillarni o‘zlashtirishlari va o‘rganishlari uchun sertifikatlar hamda badiiy kitoblar to‘plamlari yoshlarga tantanali ravishda topishirildi.

Shuningdek, viloyatdagi yoshlarning bilim olishlari, kasb-hunarli bo‘lishlari yurt kamoloti uchun bor kuch g‘ayratini ayamay kelayotganliklari uchun Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov hamda Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Asliddin Xurramovlarga boshqarma boshlig‘i tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Text to speech