Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Ismoilov ishtirokida Muzrabot tumanidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 24 yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Abduvohid
Ismoilov tashabbusi bilan Muzrabot tuman hokimligi hamda tuman “Madaniyat uyi” binolarida
tashkil etilgan uchrashuvda, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Surxondaryo
viloyati filiali bilan hamkorlikda Koreya davlatidan tashrif buyurgan ish
beruvchi Kim Choy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari, Respublika “SMART
EDUCATION” xorijiy tillarni o‘qitish markazi rahbari T.Haydarovlar xorijiy davlatlardagi mavjud xizmat ko‘rsatish,
ishlab chiqarish, tibbiyot, qurilish va boshqa ko‘plab sohalardagi bo‘sh ish o‘rinlari
taklif qilindi.
Uchrashuvda xorijda ishlash istagi bor 600 nafarga yaqin uyushmagan yoshlar
va alohida ishlash talab etiladigan yoshlar ishtirok etdi. Ularga kasb-hunar va
xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot
hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Natijada Germaniya davlatiga 491 nafar, Koreya davlatiga 31 nafar, Angliya
davlatiga 65 nafar, BAA davlatiga 2 nafar hamda Polsha va Bolgariya davltlariga
1 nafardan fuqarolar borib ishlash istagini bildirishdi.
Shuningdek, xorijiy davlatlarda kasb-hunar egallash maqsadida koreys, nemis,
ingliz, rus hamda arab tillarini o‘rganish
istagini bildirgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, o‘quv kurslarini tashkil etish
chora-tadbirlari belgilandi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar
tomonidan javoblar olishdi.
Yoshlar bilan tashkil
etilgan uchrashuv yakunida, xorijiy tillarni o‘qitish uchun jalb qilingan o‘qituvchi
va murabbiylar bilan tashkilotchilar o‘rtasida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan
o‘zaro fikr almashilib, taklif va tavsiyalar tinglandi.