20 Fevral 2025 yil
616
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari “Biz donormiz!” aksiyasida faol ishtirok etishdi.
Joriy yilning 20 fevral kuni “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyat bo‘linmasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari “Biz donormiz!” aksiyasida faol ishtirok etishib, viloyat Qon quyish markazida o‘z ixtiyorlari bilan qon topshirishdi.
Bundan
ko‘zlangan asosiy maqsad, Ichki ishlar organlari xodimlari sektor hududlarida aholining
muammolarini o‘rganish ishlari davomida, fuqarolar o‘rtasida aniqlangan “Ankogemotologik”
qon kasalligiga chalingan fuqarolarga yordam ko‘rsatishga qaratilgandir.
Ushbu qon topshirish tadbiriga boshqarmaning barcha sohaviy xizmatlari hamda
shahar-tuman Ichki ishlar organlari xodimlari faol ishtirok etishdi.
Fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash
bilan birgalikda sog‘ligini asrashga qaratilgan ushbu yaxshilikka yo‘g‘rilgan savobli
tadbirlar davom etmoqda.