Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi murabbiy” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki
ishlar organlarida dastlabki sinov muddatini o‘tash va murabbiylik faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 10 aprel kunidagi tegishli
buyrug‘iga muvofiq, har yili 1 oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida
“Eng yaxshi murabbiy” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan yuqoridagi buyruq ijrosini ta’minlash
maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida ham joriy yilning 24 avgust
kuni “Eng yaxshi murabbiy” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Mazkur
tanlovda boshqarmaning sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIBlaridan ishtirokchi
xodimlar qatnashdi.
Mazkur tanlov nizomiga ko‘ra xodimlar 4 ta shart asosida:
Dastlabki shartda ishtirokchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarliklari sinovdan
o‘tkazildi, 2-shartda esa kasbiy-jangovar bilimlari onlayn test orqali sinovdan
o‘tkazilgan bo‘lsa, 3-shart murrabiylar tomonidan yuritib borilishi nazarda tutilgan
yig‘ma jildlar holati o‘rganildi. Tanlovning yakuniy 4-shartida esa ishtirokchilarning
ma’naviy-ma’rifiy hamda psixologik yo‘nalish bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani
IIB 1-son Ichki ishlar bo‘limi Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika
katta inspektori kapitan Rustam Abdunazarov hamda shogirdi leytenant Boymurod Mirzaev
3-o‘rinni, Denov tumani IIB 3-son Ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi
guruhi profilaktika katta inspektori podpolkovnik Shuxrat Bekmurodov hamda shogirdi
leytenant Xasan Karanov 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qiziriq tumani Ichki ishlar
bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshlig‘i
kapitan Jasur Iskandarov va shogirdi leytenant Umidjon Yo‘ldoshev 1-o‘rinni egallab,
tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Tanlovning
g‘olib va sovrindorlari boshqarma rahbariyati tomonidan diplom hamda qimmatbaho
esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.