Surxondaryo viloyati xuquqni muxofaza qiluvchi organlarida xizmat olib boryotgan yosh xodimlarga “Ot sporti va Kamondan o‘q uzish” sport turi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi “Yoshlarni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini va vatan 14 yanvar ximoyachilari
kuni munosabati bilan, Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari
hamda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan xamkorlikda joriy yilning 6 yanvar
kuni Termiz tumani, “Otchopar” massivi Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati “Chavondozlar
maktabi”da huquqni muxofaza qiluvchi
organlarida xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlar uchun “Ot sporti” va
“Kamondan o‘q uzish” sport turlari bo‘yicha “Mahorat dars”lari tashkil etildi.
Tadbir avvalida, viloyat Milliy gvardiyasi “Chavondozlar maktabi” direktori
mayor Doston Murodullaev so‘zga chiqib, ushbu maktab tashkil etilishi, faoliyati
va ot minishda havfsizlik qoidalari haqida tadbir ishtirokchilariga tushunchalar
berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Ot sport turi bo‘yicha o‘zlariga kerakli
ma’lumotlarni olganlaridan so‘ng shu yerning o‘zida kamondan o‘q uzish sport
turi bo‘yicha merganlik mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Tadbir so‘ngida, o‘zlarining faolligi bilan ajralib turgan yosh
xodimlarga Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining tashakkurnomalari hamda kitoblar
to‘plami topshirildi.
Albatta bu kabi tadbirlarning
o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, yosh xodimlarda vatanparvarlik xissini
yanada oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini samarali-mazmunli o‘tkazishdan iboratdir.