30 Sentyabr 2024 yil 308

Surxondaryo viloyati bo‘ylab avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport xodisalarining oldini olish maqsadida kuchaytirilgan maxsus reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Reydlar davomida davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechib harakatlangan, spirtli ichimlik iste’mol qilib transport vositasini boshqargan hamda avtomashina old yon oynalarini ruxsatsiz qoraytirgan, qayta jihozlangan, muddati o‘tgan jarimalari mavjud va "Qidiruvda" bo‘lgan transport vositalari aniqlanib tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, reyd tadbirlari davomida qoidabuzarlik sodir qilgan haydovchilar bilan takror yo‘l qoidalarini buzmasliklari yuzasidan targ‘ibot tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

Text to speech