21 May 2025 yil 460

Surxondaryo viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari yosh xodimlari o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yini o‘tkazildi.


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari yosh xodimlari o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-son qaroriga asosan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan, 2025-yilning 20-may kuni Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari yosh xodimlari o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Bunda jamoalar ushbu tanlovning birinchi bosqichida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Kayko‘vusning “Qobusnoma”, O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” “Rustamxon” hamda “Jadidlar to‘plami” kabi kitoblar bo‘yicha tuzilgan savol-javoblarda o‘zaro bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan baxslarda yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Qo‘riqlash boshqarmasi jamoasi, 2-o‘rinni Janubiy operativ qo‘mondonligi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘lgan holda faxrli 1-o‘rinni viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoasi egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Tanlov so‘ngida g‘olib jamoalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech