Surxondaryo viloyat IIBda xuquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyatining
rejasiga asosan 2024 yilning 27-28 mart kunlari
Termiz shahridagi Surxondaryo viloyat IIB
sport majmuasida Surxondaryo viloyati
huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlar o‘rtasida sportning “Yunon-Rum kurashi”
va “Erkin kurash” turlari bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasi murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, Surxondaryo viloyatida xizmat o‘tayotgan Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy
gvardiya, Chegara qo‘shinlari xodimlaridan iborat 3 ta terma jamoadan to‘rtta vazn
toifasida 8 nafardan jami 32
nafar sportchilar ishtirok etishdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa
natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni viloyat DXXB Chegara qo‘shinlari terma jamoasi, 2-o‘rinni viloyat IIB terma jamoasi, 3-o‘rinni viloyat Milliy
gvardiya boshqarmasi terma jamoasi sportchilari
qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” JTSJ Surxondaryo viloyati
Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shu o‘rinda aytish joizki
“Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin
kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol” , “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat
aykido” to‘garaklarida hozirgi kunda jami 515 nafar o‘smirlar muntazam shug‘ullanishib respublika va xalqaro
musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda.