7 Avgust 2025 yil
368
Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan «Ijtimoiy himoya oyligi» doirasida xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Kuni kecha “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan boshqarma hamda uning quyi bo‘linmalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda joriy yilning avgust oyida Respublika Ichki ishlar organlari tizimida “Ijtimoiy himoya oyligi” o‘tkazilayotganligi, ushbu oylikda barcha tergovchi va surishtiruvchilarning ijtimoiy holatini yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini, boshqarma rahbariyati tomonidan xodimlarning oilaviy ahvoli o‘rganilib, mehnat faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan xodimlar rag‘batlantirilib borilishi ta’kidlandi.