12 Iyun 2024 yil 401

Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan «Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi» doirasida xodimlarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

Joriy yilning 11 iyun kuni «Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi» doirasida Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari rahbariyati tomonidan tergovchi va surishtiruvchilarning yashash xonadonlariga borilib, ularning oila a’zolari bilan yaqindan suhbatlashilib, yashash sharoitlari va muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida xodimlarning ota-onalariga farzandlarini doimiy nazorat qilish, ular tomonidan korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tavsiyalar berilib, boshqarma rahbariyati bilan doimiy aloqada bo‘lishlari uchun, ularning telefon raqamlari aks ettirilgan tashrif qog‘ozlari taqdim etildi.

Text to speech