11 Oktyabr 2023 yil 1177

Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy hal qilish, fuqarolarni rozi qilish borasida doimiy ravishda qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 10 oktabr kuni ham viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari-Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.Atanazarov tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi qabulda 20 dan ortiq fuqarolarning ichki ishlar organlari bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari tinglanib, qilingan murojaatlarni qonunda belgilangan tartibda ijobiy hal qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech