5 Mart 2022 yil
507
Surxondaryo viloyatining 3-sektor hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli nisbatan og‘ir mahallalar kompleks o‘rganilmoqda
So‘nggi besh yillarda mamlakatimizda aholining yashash sharoitini tubdan yaxshilash, turmush darajasini ijobiy tomonga o‘zgartirish, har bir fuqaro uchun munosib, xavfsiz turmush sharoitlarini yaratish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarning daromad manbaini yaratish va ularning turmush tarzini yaxshilash orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Hususan, hozirgi kunda har bir mahallada tashkil etilgan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha vakillar oldiga hududdagi muhim ishlarni hal etish vazifasi yuklatildi. Bu ishlarni sifatli yo‘lga qo‘yishda sektorlarning ham alohida o‘rni bor.
Prezidentimizning “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 8 yanvardagi qarori aholining mavjud muammolarini hal etib, hayot darajasini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Shunga muvofiq viloyatdagi 3- sektor hududida “mahallabay” ishlash tizimi asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotgan va ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalar o‘rganib chiqilib, odamlarga qulay ijtimoiy infratuzilma yaratib berish va boshqa muhim masalalarini yechishga e’tibor kuchaytirilayotir.
Buning uchun viloyatdagi 3-sektor rahbarlari boshchiligida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni yuritish bo‘yicha maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i rahbarligida viloyatdagi korxona va tashkilotlardan biriktirilgan vakillardan tarkib topgan sektor a’zolari hamkorligida tumanning 3-sektor hududidagi mahallalarda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida Markaz, Madaniyat, Qo‘shtegirmon, Bahor va Ilg‘or mahallalarida bo‘lib, u yerda 3-sektor rahbari, sektor a’zolari, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, mahalla raisi, profilaktika inspektori va xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan birma-bir suhbat o‘tkazildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek viloyat va respublika miqiyosida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar joyida o‘rganildi.
Bunda mahallalarda yashayotgan aholining ehtiyojmand qatlamlariga amaliy ko‘mak berish va ularni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida, bandligini ta’minlash, aholini yillar davomida qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolar yechimiga alohida ahamiyat berildi.
Dastlab tumanning “Markaz” mahallasida sektor hududida joylashgan mahallalarda istiqomat qilayotgan aholining muammolarini tizimli o‘rganish uchun sayyor qabul tashkil etilib, 100 dan ortiq aholi vakillarining 130 ga yaqin murojaati tinglandi. Ularning 50 tasi hal etildi Ayollar va yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolar bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida Markaz mahallasida 8 nafar, Madaniyat mahallasida 1 nafar va Qo‘shtegirmon mahallasida yashovchi 3 nafar fuqaroning muammosi joyida yechimini topdi.
Jumladan, 1 nafar yoshlar daftariga kiritilgan yoshga o‘zini-o‘zi band qilish uchun mehnat qurollari (svarka, balgarka), 4 nafar ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizga zamonaviy tikuv mashinalari berilib, ularning doimiy bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi. 7 nafar sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolarning 3 nafariga un, moy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, 3 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning murojaatidan kelib chiqib, nogironlik aravachasi taqdim etildi. Ochiq muloqotda ijrosi muddat talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Misol uchun, Markaz mahallasida yashovchi fuqaro Turdiyev Ilxomning yashash xonadonida bo‘lib, u yerda fuqaro tomonidan tashkil etilgan parrandachilik ishlari bilan tanishdi va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashib, mahalladagi hokim yordamchisiga har bir xonadonda parranda yetishtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish kerakligi tushuntirildi.
Bahor va Ilg‘or mahallalari hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, mahalla raisi, profilaktika inspektori va xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan suhbat o‘tkazilib, Ilg‘or mahallasidagi “Ye-auksion” elektron platformasi orqali auksionga qo‘yilgan va g‘olib bo‘lgan yoshlar va ishsiz fuqarolar bilan gaplashdi. Ularning kelgusidagi rejalari bilan tanishdi.
Sayyor qabul chog‘ida elektr ta’minotidagi uzilishlar, transformatorlarni almashtirish, eski sim yog‘ochlarni yangisiga almashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, suv ta’minotini yaxshilash, suyultirilgan gaz balonlar bilan ta’minlash, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, bandlik yo‘nalishida ishsiz ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash, sektor hududida joylashgan “Monomarkaz”ga o‘qitish va ishga joylashtirish, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida hududda ishsiz yoshlar va ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida yer ajratish, aholini parranda, qo‘y va echkichilik, issiqxonalar qurish kabi murojaatlar kelib tushdi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari, polkovnik Ismoilov Abduvoxid Salomovich viloyatdan biriktirilgan sektor a’zolari bilan birgalikda sektor hududidagi mahallalarda ijtimoiy og‘ir ahvolda yashayotgan 20 ta xonadon bilan yaqindan tanishish maqsadida ularni qiynayotgan 22 ta oilaviy muammoni joyida hal etdi.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tumanning 3-sektorida mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlarida hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, ular oldida turgan muhim vazifalar hususida fikr almashildi. Olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yuklatilgan eng dolzarb vazifalarni amalga oshirish choralari haqida tushuntirish berildi.
Tadbirlar davomida tuman IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida hududda joriy yilning o‘tgan davrida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Viloyat IIB boshlig‘i tumanda umumiy jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 taga yoki 19 foizga kamayishiga erishilganini alohida qayd etib, kelgusida jinoyatlarni jilovlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Angor tuman 3-sektorda tashkil qilinishi rejalashtirilgan ishlarni tizimli hal etish bo‘yicha mas’ul korxona va tashkilotlarga zarur tavsiyalar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati