1 Dekabr 2022 yil 233

Surxondaryo viloyatida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda

Sherobod tumanidagi 8-sonli BMSMda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova, boshqarma mas’ul xodimi I.Polvonova, viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi boshlig‘i M.Hafizova, viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik O‘.Eshimova, Sherobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Boymurodova hamda boshqa mas’ullar ishtirokida “Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda ta’lim muassasalardagi o‘quvchi yoshlar uchun "Oila muqaddas" mavzusida rasmlar chizish loyihasi, mavzuga doir tarqatmalar tarqatish hamda muammosi mavjud xotin-qizlar uchun mutaxassislar tomonidan suhbatlar tashkil etilib, fuqarolarni zo‘ravonlikdan himoyalash, har qanday zo‘ravonlikka munosib jazo tayinlash milliy qonunchiligimizda qat’iy belgilab qo‘yilganligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Text to speech