Surxondaryo viloyatida Jamoat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan psixologik davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”da keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmat psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan o‘quv yig‘iniga jalb etilgan Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Yo‘l harakati xavfsizligi va Patrul-post xizmatlari xodimlari bilan ularning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek ularning muloqot psixologiyasi, muomala madaniyati hamda nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlashga doir zarur ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida, xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti jarayonida yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish, muomala madaniyatini oshirish shuningdek, turli stress vaziyatlariga tushib qolmasliklari uchun kerak bo‘ladigan psixologik mashqlar yuzasidan xodimlarga ma’lumotlar berilib, ushbu mashqlarni muntazam amalga oshirib borish xodimning ruhiyati va salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ishlari davom ettirilmoqda.