Surxondaryo viloyatida o‘quvchi yoshlar turizm obe’ktlariga sayyohat qilishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 aprel kunidagi “ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-son Qarori hamda Surxondaryo viloyat Xokimi o‘rinbosari tomonidan 2022 yil 30 dekabr kuni “Yoshlar turizm xavftaligi” doirasida “Yangi yilda-yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat” tadbirida Surxondaryo viloyati o‘quvchi-yoshlarining sayyohatlarini tashkil etish haqida”gi tasdiqlangan rejasiga asosan, 2023 yil 4-6 yanvar kunlari viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari hamda xalq ta’limi mas’ullari tomonidan, Surxondaryo viloyatidagi maktablarda taxsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarini, viloyat xududida joylashgan turizm nomoyish ob’ektlari hisoblangan, Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyi, “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxona, Kokildor ota honaqohi, Sulton Saodat majmuasi va Termiz tumanidagi Al Hakim At-Termiziy majmualarida sayohat uyushtirildi.
O‘quvchi-yoshlarni turizm namoyish ob’ektlarida xavfsizligini ta’minlab kuzatib borish bilan birga, ularga turizm namoyish ob’ektlari haqida tushuntirish ishlari ham olib borilib, turizm faoliyati aks ettirilgan tarqatma bukletlar o‘quvchilarga tarqatildi.
Sayohat davomida, muqaddas maskandagi muzey eksponatlari, ushbu maskanda mangu qo‘nim topgan tabarruk zotlarning kelajak avlod uchun dunyoviy va diniy ta’limotda qilgan buyuk ishlari haqida muzey va majmua mas’ullari tomonidan kerakli ma’lumotlar berildi.