23 May 2023 yil 231

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida 100-son farmoyishi hamda viloyat IIBning 2023 yil 29 aprel kunidagi 39-son farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash xizmatining tashabbusi bilan Ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan xodim va xodimalar ishtirokida joriy yilning 23 may kuni “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, shahar, tuman ichki ishlar organlari xodimlari hamda Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyidan tuzilgan jami 14 ta jamoa ishtirok etib, mazkur jamoalar ishtirokidagi bahslar murosasiz bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvlar natijasiga ko‘ra faxrli 3-o‘rinni, Angor tumani Ichki ishlar bo‘limining “Yoshlar” jamoasi, faxrli 2-o‘rinni Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limining “Leytenantlar” jamoasi hamda 1-o‘rinni Muzrabot tumani Ichki ishlar bo‘limining “Kapitanlar” jamoasi  qo‘lga kiritdi.     

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari viloyat IIB boshlig‘ining diplom, badiiy kitoblar jamlanmasi hamda pul mukofotlari boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Bu kabi intellektual o‘yinlarning tashkil etilishi ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va salohiyatini intellektual qobilyati shuningdek hozirjavobligini oshirishga xizmat qilishi bilan birgalikda ularning o‘z ustida ishlashlari, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini hamda ma’naviyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Text to speech