2 Avgust 2023 yil 174

Surxondaryo viloyatida ov quroliga ega bo‘lgan fuqarolarning qurol saqlash tartib-qoidalariga rioya qilayotganligi o‘rganilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan viloyat hududida ov qilish huquqiga ega bo‘lgan va hududiy ichki ishlar bo‘limlarida ro‘yxatda turuvchi “Ov quroli” egalarining qurollarni saqlash tartib qoidalariga amal qilayotganliklarini o‘rganish maqsadida, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tekshirish va profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

Bunda asosiy e’tibor aksariyat qurollar aynan seyfda saqlaniyotganligi, seyfning mustahkamligi, qulflari ishonchligi, boshqa kalit yoki boshqa jism yordamida eshigini ochishning imkoni mavjudligi yoki mavjud emasligi, polga yoki devorga mustahkam qotirilganligi yoki qotirilmaganligi, qaysi usulda (paydvandlash, betonlab tashlash, anker, dyubel yoki oddiy mix bilan) qotirilganligi, kalitlarni qaerda va qanday tartibda saqlanayotganligi, seyf ichida qurol va o‘q-dorilarga tegishli bo‘lmagan begona buyumlar mavjud yoki mavjud emasligi, shuningdek seyf turgan xona tavsifi (xonada devorlari, eshigi va derazalari mustahkamligi, xonaga begona shaxslarning kirib–chiqish cheklanganligi, ov chog‘ida va quroldan foydalanishda texnik xavfsizlik koidalari bo‘yicha “Eslatma”ni temir quti (seyf) eshigining ichki tomoniga yopishtirilganligi tekshirilmoqda.

Shuningdek, ovchilar bilan uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2022 yil 31 maydagi O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlari yuzasidan tushuntirish profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Text to speech