Surxondaryo viloyatida Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi, harbiy xizmatchilari, pensionerlar ularning oila a’zolari hamda ishchi va xizmatchilari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
Joriy yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yilida ayniqsa aholining salomatligini muhofaza qilish, tiklashdek hayrli ishlar ko‘lami kengayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi Markaziy davolash-profilaktika muassasalarining malakali shifokorlaridan iborat ishchi guruhning 3 kun davomida Surxondaryo viloyatida bo‘lib chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarni tashkil etgani ham yuqoridagi fikrimizning amaldagi ifodasidir.
Bilamiz erta aniqlangan kasallikni davolash nisbatan oson kechadi. Shu boisdan yurtimizda profilaktik ko‘riklarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ichki ishlar vazirining 2023 yil 15 fevraldagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi Markaziy davolash-profilaktika muassasalari malakali mutaxassislari viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi, harbiy xizmatchilari, pensionerlari va ularning oila a’zolari hamda ishchi va xizmatchilari joriy yilning 15-17 may kunlari 3 kun davomida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.
Tadbirning birinchi va ikkinchi kuni turli xil kasalliklar bilan dispanser nazoratida turgan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi, pensionerlar va ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lsa uchinchi kunida viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi Davolash Profilaktika Muassasalari Tibbiyot bo‘limiga biriktirilgan ulug‘ vatan urush orti qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, xizmat chog‘ida olgan jarohati va kasalligi tufayli nogiron bo‘lib qolgan fahriylar, nafaqaxo‘rlar va ularning oila a’zolari malakali tor mutaxassis-shifokorlari tomonidan uyiga borib ko‘rilib, ularni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.