24 Fevral 2023 yil 187

Surxondaryo viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari bilan psixologik davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”da keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmat psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis psixologlari psixolog kansultatn Nigina Xudoyberdieva bilan hamkorlikda  fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muloqotda bo‘ladigan hamda maxsus vositalar bilan xizmat olib boradigan xodimlarning xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post batalonida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning individual-psixologik hususiyatlarini o‘rganish, shuningdek ularning  muloqot psixologiyasi, muomala madaniyati hamda nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlashga doir zarur ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti jarayonida yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning muomala madaniyati oshirish bo‘yicha shuningdek, turli stress vaziyatlariga tushib qolmaslik uchun kerak bo‘ladigan psixologik mashqlar haqida  xodimlarga ma’lumotlar berilib ushbu mashqlarni muntazam amalga oshirib borish xodimning ruhiyati va salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlab o‘tildi. Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech